2019 yil 15 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumani Gala qishlog‘ida yashagan S.O. ismli ayol uyi oshxonasida suvni isitish maqsadida gaz plitasi ustiga chelak qo‘yayotganida ehtiyotsizligi ortidan olov kiyimiga o‘tib, yonib ketgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mazkur hodisa natijasida S.O. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 16 mart kuni shu yerda vafot etgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.