Indoneziyaning Papua provinsiyasida surunkali yomg‘irlar keltirib chiqargan suv toshqinlari natijasida 63 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bundan tashqari, Lombok orolida 5,4 ballik zilzila oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq inson jarohatlandi, deya xabar qildi RIA Novosti.

Shanba kuni Papuada surunkali yomg‘irlar eng kamida 9 uy va 2 ta ko‘prikka zarar yetkazdi. Uysiz qolgan 120 nafarga yaqin fuqarolar hukumat muassasalari binolariga evakuatsiya qilindi. Suv chekinganiga qaramasdan, qidiruv-qutqaruv jamoalari hali suv toshqinlaridan aziyat chekayotgan barcha hududlarga yetib bora olgani yo‘q.

Ko‘chki oqibatida eng ko‘p chet ellik va mahalliy sayyohlar hayotdan ko‘z yumgan. 40 nafarga yaqin kishi sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Tiu Kelep sharsharasida qamalda qolgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Indoneziyaning Papua muzofotida kuchli sel kelishi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan mamlakat prezidenti Joko Vidodoga va Indoneziya xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.