Poytaxtda Toshkent IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektorlarining yangi xizmat liboslarini sinovdan o‘tkazish boshlandi, deya xabar qildi IIBB matbuot xizmati.

Ayni vaqtda ikki nafar YPX inspektori yangi namunadagi xizmat formasida faoliyat olib bormoqda. Eksperiment jarayonida xizmat libosining chidamlilik, tez kir olishi, kiyib yurish va harakatlanishdagi qulayligi kabi talablarga javob berishi tekshiriladi.

IIBB fuqarolar fikri ham inobatga olinishini qayd etib o‘tdi.

Foto: Toshkent IIBB.

Foto: Voditeli Tashkenta / Facebook.

Foto: Vachach / Facebook