Las-Vegasda og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati yakunlandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tantanali yopilish marosimida musobaqaning eng yaxshi qiz va yigit ishtirokchilari taqdirlandi. Qizlar o‘rtasida -64 kg vazn toifasida ikkita jahon rekordini o‘rnatgan va uchta oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik Kumushxon Fayzullayeva turnirning eng yaxshi atleti deb topildi.

Kumushxonga maxsus sovrinni Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti Tamash Ayan topshirdi.

AQSHdagi jahon chempionatida O‘zbekistondan yetti sportchi qatnashdi va ularning olti nafari shohsupaga ko‘tarildi.