15 mart kuni Toshkentda Humo Arena ko‘p tarmoqli muz saroyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. «Gazeta.uz» muxbirining reportaji.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev marosimni ochib berdi va yig‘ilganlarni ushbu muhim hodisa bilan tabrikladi. Tadbirga 6000 ga yaqin kishi tashrif buyurdi.

Yozgi sport turlari ustalari — kurashchilar, karatechilar, rapira va sabli ustalari, paralimpiyachilar, sport raqslari ijrochilari tomoshabinlarga o‘z mahoratlarini namoyish etdi. Raqs mavzusida 40 nafar raqqos o‘zbek xalq raqslari, zamonaviy raqs va strit-dens jozibasini namoyon etdi.

So‘ngra arenaga o‘zbekistonlik figurali uchish va xokkey sporti vakillari chiqib keldi. Bundan tashqari, xokkey o‘yinchilarining improvizatsiya qilingan o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda xokkey afsonalari, jumladan Pavel Bure va «Binokor» jamoasi faxriylari, «Binokor» va «Xumo» jamoalarining yosh xokkeychilari o‘zaro bahs olib bordi.

Marosim mehmonlari va ishtirokchilariga raqqoslar va figurachilar ishtirokida videomepping (3D mapping) texnologiyasidan foydalangan holda yorug‘lik shousi taqdim etildi.

«Qarsildoq» muz spektaklida muzda raqs bo‘yicha olimpiya chempioni Tatyana Navka chiqish qildi. Shouni taniqli xoreograf — figurali uchish bo‘yicha Rossiya terma jamoasi postanovkachisi Pyotr Chernishev sahnalashtirdi.

Marosim o‘zbek va rus estradasi yulduzlari — Filipp Kirkorov, Nikolay Baskov, Dima Bilan, Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekov va boshqalarning chiqishlari yakunlab berdi.

Tadbir postanovkasi va uni amalga oshirish bilan O‘zbekistonning DRC events va Germaniyaning E-Elements Entertainment kompaniyalari shug‘ullandi. Marosim bosh rejissyori Xans Kristof Myuyeke.

Ochilish marosimi dasturi ssenariysini o‘zbek mutaxassisi Baxtiyor Irmatov ishlab chiqdi. 3D animatsiya va yorug‘lik effekti germaniyalik dizayner Tomas Myuller tomonidan O‘zbekistonning Voyager films kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqildi.

Video (Tas-Ix)

YouTube

Foto



­­­