O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kraystcherch shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Yangi Zelandiya General-gubernatori Petsi Reddiga hamdardlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev halok bo‘lganlarning yaqinlariga samimiy ta’ziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatlarda shifo topishlarini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, Yangi Zelandiyaning Kraystcher shahridagi ikkita masjidga hujum uyushtirildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 40 kishi halok bo‘ldi, 30 ga yaqin inson jarohatlandi.