Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari navbatdagi bojxona qonunbuzilishi holatiga o‘z vaqtida chek qo‘yishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

«Boldir» temir yo‘l chegara bojxona posti orqali O‘zbekistonga yo‘lovchi poyezdida kirib kelgan fuqaro H.Z. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada, fuqaroning cho‘ntaklarida bojxona xodimlariga ma’lum qilinmagan, O‘zbekiston Respublikasida muomalasi cheklangan giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiruvchi «Tramadol 50 mg» nomli 20 dona kapsulalar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda."Tramadol" tabletkalarini olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar fosh etildi