Joriy yilning 14 mart kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, Yunusobod tumanida yashovchi K.A. va Shayxontohur tumanida yashovchi T.J.lar fuqaro M.R.ga Chilonzor tumanidagi «Flamingo» restorani oldidagi bo‘sh yer maydoniga egalik huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berishni va’da qilib, 2017 yil sentyabr oyidan 2018 yil noyabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida undan 540 000 AQSH dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay, pullarni ham qaytarib bermaganlar.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, K.A. va T.J.lar qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.