Senator Mirabror Usmonov 15 mart kuni 72 yoshda hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar qildi «Gazeta.uz» axborot manbasi.

Seshanba kuni u Toshkentdagi «Ezgu Niyat» O‘zbekiston-Germaniya shifoxonasiga yotqizilgan edi. Bu vaqt davomida u bronxial astma keltirib chiqargan koma holatida yotdi.

Mirabror Usmonov (1947 yilda tug‘ilgan) 2005 yildan buyon Senat a’zosi hisoblanadi. 2006−2017 yillarda O‘zbekiston Futbol federatsiyasiga, 2013−2017 yillarda — Milliy olimpiya qo‘mitasiga rahbarlik qilgan.