Rossiyaning “LUKOYL” neft kompaniyasi 2020-yilda O‘zbekistondagi yangi maydonchalarda razvedka ishlarini boshlashi mumkin, deya ma’lum qildi “O‘zbekneftgaz” ishlab chiqarish faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti boshlig‘i Nodir Muhitdinov juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Avvalroq “LUKOYL” rahbari Vagit Alekperov yaqinda kompaniya O‘zbekistonning shimoli-g‘arbidagi yangi hududlarni o‘rganish to‘g‘risidagi bitimni imzolaganini ma’lum qilgan edi. U kompaniya O‘zbekistondagi loyihalar yanada jadal rivojlanishi uchun yangi hududlarda yangilik qila olishiga umid bildirgandi.

“O‘zbekneftgaz” vakili O‘zbekistonning Navoiy viloyatida joylashgan uchta maydoncha bo‘yicha Rossiya kompaniyasiga taqdim etilgan materiallarni tahlil qilish bo‘yicha qo‘shma ishlar boshlanganini xabar qildi.

“Geologik ma’lumotlar juda ko‘p, bu ma’lumotlarni tahlil qilish kerak, o‘ylaymanki, shu yil oxiriga qadaroq bu ishlar yakuniga yetadi”, — deya qo‘shimcha qildi Nodir Muhitdinov. Taklif etilgan maydonchalar bo‘yicha prognoz zaxiralar hajmi oshkor qilinmadi.