Jahon bankining ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha katta mutaxassisi Tarra Sharafuddin, qishloq xo‘jaligi mablag‘lari va moliyaviy inklyuziv holati bo‘yicha mutaxassis Sonali Choutxari, mablag‘larni sarflanishi bo‘yicha maslahatchi Andjani Kumar Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ekspertlar «Qishloq ayollarning iqtisodiy holatini o‘zgartirish» loyihasida qatnashish niyatida Jizzaxga kelishdi.

Daslab ekspertlarning viloyat hokimligida viloyat hokimi Ergash Soliyev bilan uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda mehmonlar viloyatga tashrifdan asosiy maqsadlari xususida aytib o‘tishdi.

O‘z navbatida viloyat hokimi Ergash Soliyev ham Jahon bankining ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha mutaxassisalariga barcha yordamda tayyorligini bildirib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Tarra Sharafuddin Jizzax shahrida va G‘allaorol tumanidagi tadbirda, tadbirkorlikni ochmoqchi bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali ish yuritishlari uchun bo‘yicha ma’lumot berdi.

Delegatsiya G‘allaorol tumanida yashovchi hunarmand Astanaqulova Gavharning uyidagi hunarmandchirlik mahsulotlari bilan tanishdi.