Payshanba kuni soat 2:32 da Toshkentda va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida yer silkinishlari qayd etildi. Zilzila o‘chog‘i Qozog‘iston hududida, O‘zbekiston chegarasiga yaqin yerda joylashgan.

Poytaxt seysmostansiyasining «Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, epitsentr Toshkentdan 28 km masofada joylashgan. Poytaxtda yer osti silkinishlari kuchi 4 ball, Gulistonda va Jizzaxda 2 baldanni tashkil etdi. Boshqa shaharlar bo‘yicha ma’lumotlar hozircha yo‘q.

Epitsentrda zilzila kuchi 4,5 balni tashkil etdi.