Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi «Chuqursoy» mahsulotlarni sertifkatlashtirish idorasi tomonidan o‘tkazilgan sinov jarayonida qadoqlangan yashil no‘xot mahsuloti yaroqsiz deb topildi. Bu haqda «O‘zstandart» agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mutaxassislarning bildirishicha, «Alfa Trade and Distribution» hamda «GARMONIYA FOOD TRADE» mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan O‘zbekiston ichki iste’mol bozorlariga 450 mln so‘m miqdoridagi ushbu turdagi mahsulotlar olib kirilishining oldi olindi.