O‘zbekiston Madaniyat vazirligi Qoraqalpog‘istonning qadimiy Tuproqqal’a yodgorligida 5 martda boshlangan konservatsiya ishlarini to‘xtatishni topshirdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Chorshanba kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Aysuluv Iskandarova tomonidan Tuproqqal’ada qazish ishlari olib borilayotgani tasvirlangan fotosuratlar e’lon qilingan edi.

«Konservatsiya ishlari chorshanba kuni taxminan 14:00 dan to‘xtatildi. Ularni boshlashdan avval ekspertiza o‘tkazilishi va loyihaviy hujjatlar tuzilishi, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy yodgorliklardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha bosh ilmiy-ishlab chiqarish boshqarmasi ilmiy-metodik kengash bilan kelishilishi lozim edi. Kelishilmagan, shuning uchun madaniyat vaziri o‘rinbosari Kamola Oqilova shaxsan barcha ishlarni to‘xtatishni topshirdi», — deya qayd etdi matbuot xizmati.

Foto: Aysulu Iskanderova / Facebook.

Ellikqal’a tumani hududida joylashgan Tuproqqal’a joylashgan eramizdan avvalgi II-III asrlarda xorazmshoxlar qarorgohi bo‘lgan.