2019 yilning 14 mart kuni Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qaror bilan O‘zbekiston 2017 yil oktyabr kuni Sochi shahrida imzolangan Jinoyat ishlari bo‘yicha ashyoviy dalil hisoblangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari, o‘qotar qurol, uning asosiy qismlari, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini berish tartibi to‘g‘risidagi bayonnomaga qo‘shildi.

Bosh prokuratura — xalqaro shartnomani amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi.