Fevral oyida O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi 804 mln dollarga oshib, 1 mart kuni kuni 27,4 mlrd dollarni tashkil etdi. O‘zbekiston Markaziy banki bu boradagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Fevral yakunlari bo‘yicha yalpi oltin-valyuta zaxiralari 28,08 mlrd dollarni tashkil etdi. Undan xorijiy valyutadagi aktivlar hajmi — 13,23 mlrd dollar (bir oy ichida +589 mln dollar), monetar oltin — 14,47 mlrd dollar (-102 mln dollar).