Professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov 15 mart kuni o‘zining beshinchi jangini kolumbiyalik Santander Silgadoga qarshi o‘tkazishi kerak edi. Biroq bahsga ikki kun qolganida raqib o‘zgardi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kolumbiyalik bokschi ushbu jangdan bosh tortgan. Uning o‘rniga Bahodir amerikalik Uilli Xarveyga qarshi bahs olib boradi. Jang sanasi o‘zgarmagan. Bo‘lajak to‘qnashuvga Kaliforniya shtati mezbonlik qiladi.

Ma’lumot uchun, Jalolov shu paytgacha professional boksda 4 bor ringga chiqib, barcha raqiblarini nokaut evaziga dog‘da qoldirgan. Xarvey ham 4 bor ringga chiqqan, biroq uning hisobida 1 ta mag‘lubiyat bor. G‘alabalarining uchalasi ham nokaut.