Yengil vazn toifasida UFC chempioni bo‘lib turgan rossiyalik Habib Nurmagomedov sentyabr oyida oktagonga qaytadi. Bu haqda Match-TV kanali xabar bermoqda, deyiladi olamsport.com saytida.

«Men, Zubayra Tuxugov va Abubakar Nurmagomedov sentyabr oyida jang o‘tkazamiz. Bu aniq. Hozircha raqiblarimizning kim bo‘lishi ma’lum emas», — deydi Habib Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov Nevada shtati sport qo‘mitasi tomonidan 9 oyga chetlatilgan edi. U iyul oyidayoq jang o‘tkazishi mumkin. Aynan shu muddatda uning diskvalifikatsiyasi yakunlanadi. Lekin Zubayra va Abubakar bir yilga chetlatilgan. Habib ularsiz jang o‘tkazmoqchi emas.