Hukumatning 2019 yil 13 martdagi qarori bilan Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Nizomga muvofiq, litsenziya Moliya vazirligi tomonidan beriladi.

Litsenziya olish uchun arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

mehnat daftarchasi;

ishga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi buyruq nusxasi.

Ilgari, auditor malaka sertifikatlari hamda buxgalter xalqaro sertifikatlarining nusxalari, auditorlik tashkiloti ustav kapitalining to‘liq shakllantirilganligini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi ham taqdim etilgan.

Arizani ko‘rib chiqish uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari (202 ming 730 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi va ariza 15 kalendar kunda ko‘rib chiqiladi.

Eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida, (ilgari 4 baravari edi) davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganidan va litsenziya bitimi imzolanganidan so‘ng ikki kunda litsenziya beriladi.

Litsenziya uning amal qilishi cheklanmagan muddatga beriladi.

Litsenziya berish quyidagi hollarda rad etiladi:

auditorlik tashkiloti tomonidan hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan holda taqdim etilganda;

hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;

auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlariga muvofiq bo‘lmaganida.