Ukraina elchisi Yuriy Savchenko O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda. Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 12 mart kuni imzolagan tegishli farmon davlat rahbari saytida e’lon qilindi.

Yuriy Savchenko O‘zbekistonda Ukraina elchisi sifatida sakkiz yil faoliyat olib bordi.

«Bu mening do‘stlarim uchun yangilik, biroq men uchun emas, — deya izoh berdi diplomat «Gazeta.uz"ga. — Bu kutilayotgan qaror edi, chunki diplomatik xizmat to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, xizmat qilish muddati — besh yil. Menga sakkiz yil ishlash imkonini berishdi, to‘qqizinchi yilga o‘tdi mana».

«O‘ylaymanki, do‘stlarimiz bilan muloqotlarimiz, hamkorlar va hamkasblar bilan esa O‘zbekiston va Ukraina munosabatlari, do‘stligi va hamkorligi ijobiy rivojlanishi uchun yillar davomida birgalikda amalga oshirilgan ishlarimizni davom ettiramiz».