2019 yilda Samarqand viloyati sayyohlik salohiyatini oshirish va turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha tuzilgan yo‘l xaritasiga ko‘ra, beshta nuqtada axborot markazlari faoliyat yuritishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda «Zarafshon» gazetasi saytida xabar berildi.

Registon majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Samarqand temiryo‘l vokzali va Jartepa nazorat o‘tkazish punktida davlat-xususiy sheriklik asosida axborot markazlari tashkil qilinadi.

Unda viloyatning turizm salohiyati aks etgan tarqatma materiallar joylashtirilib, sayyohlarga axborot taqdim etiladi.