2019 yilning 12 mart kuni «Qashqadaryo viloyatida o‘rmon xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qarorga muvofiq, Chiroqchi tumanida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi tashkil etiladi.

Mazkur o‘rmon xo‘jaligining asosiy vazifasi, jumladan pista, bodom va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish, o‘rmonlarni tiklash, ihota o‘rmonzorlarini ko‘paytirish, eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish hisoblanadi.

Bundan tashqari qarorga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati davlat o‘rmon xo‘jaliklaridagi 7 ming gektar hududda 2019−2020 yillarda pista, achchiq bodom, yong‘oq va chakanda (oblepixa) plantatsiyalari barpo etiladi.