Navoiy viloyatiga safar qilgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmatining telegramdagi kanalida xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev tashrifi davomida 12 mart kuni «Marmarobod» korxonasi, «Chashma» tarixiy majmuasi, Navoiy IES va «Navoiyazot» kabi tashkilotlarni ko‘zdan kechirdi.

13 mart kuni esa Navoiy shahrida viloyat faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. So‘ngra prezident Navoiy shahridagi Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Navoiy shahridagi 3-sonli ichki ishlar bo‘limini ham borib ko‘rdi.