O‘zbekiston aeroportlari 13 mart kuni 17:00 dan vaqtincha — bir oy muddatga — Boeing 737−8 MAX va Boeing 737−9 MAX samolyotlarini qabul qilish va jo‘natish uchun yopildi. Bu haqda Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligidan «Gazeta.uz"ga ma’lum qilindi.

Aviatsiya sohasidagi axborot manbasining aniqlik kiritishicha, taqiq ushbu turdagi samolyotlarning O‘zbekiston havo hududidan uchib o‘tishiga aloqador emas.

Boeing 737−8 MAX layneri Efiopiyada halokatga uchraganidan so‘ng yakshanba kuni ko‘plab mamlakatlar ushbu laynerlardan foydalanishni to‘xtatdi. AQSH esa hozircha bunday taqiqni joriy etishni rejalashtirayotgani yo‘q.