2019 yilda Samarqand viloyati sayyohlik salohiyatini oshirish va turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha tuzilgan yo‘l xaritasiga ko‘ra jami 200 dan ortiq Wi-Fi zonalar tashkil etiladi. Bu haqda «Zarafshon» gazetasi saytida xabar berildi.

Ushbu zonalar sayyohlar tashrif buyuradigan madaniy meros ob’ektlari, ziyoratgohlar, muzeylar, mehmonxonalar, hunarmandlar uylari, boshqa turizm ob’ektlari hamda aholi gavjum joylar, bozorlar, shohbekat, yo‘l bo‘yi xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, istirohat bog‘larida tashkil etiladi.

Shuningdek, sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan joylar va sayyohlik mashrutlarida 38 ta sanitariya-gigiyena shaxobchalari barpo etiladi.