2019 yil 28 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahri A.Navoiy mavzesida yashovchi, Qo‘qon avtotransport kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi U.D. shu mavzeda o‘zaro janjal sabab, tanishi 2-sonli o‘rta maktabning 11-sinf o‘quvchisi R.I.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqea natijasida R.I. kasalxonaga yotqizilib, U.D. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan U.D.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.