O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoyishiga asosan Nasimov Ravshanjon Azimovich Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.

Ravshanjon Nasimov 1971 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1993 yilda Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

R.Nasimov soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1993 yilda inspektorlikdan boshlab, keyinchalik rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

1993 yildan buyon soliq tizimida 24 yil ishlagan R.Nasimov, Samarqand viloyatining bir qator soliq inspeksiyalarida boshliq, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.

Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Davlat soliq qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan edi.