«O‘zbekneftegaz» aksiyadorlik jamiyati aholidan shikoyatlarni qabul qilish uchun telegram-botni ishga tushirdi. Bu haqda kompaniyaning telegramdagi kanali orqali xabar berildi.

«O‘zbekneftegaz» AJ tizimdagi xizmatni takomillashtirish uchun aholidan shikoyat va murojaatlarni qabul qiladi.

Buning uchun siz marojaatlaringizni kompaniyaning Telegram-kanaldagi @uzneftgazbot «UNG moloqot» havolasiga jo‘natishingiz lozim.

Shuningdek, murojaatlar Facebook’dagi «Xalq bilan muloqot» guruhi va veb saytdagi www.ung.uz havolalari orqali ham qabul qilinadi.

Aholi murojaatlarini o‘rganish va tahlil guruhi sizga tez fursatda murojaat yechimi haqida ma’lumot taqdim etadi.