Rating-Agentur Expert RA (RAEX-Europe) reyting agentligi O‘zbekiston hukumatining milliy va xorijiy valyutadagi reytingini «V+» (kredit to‘lash qobiliyati o‘rtachadan past darajada) darajasidan «BV-» (yetarli daraja) darajasigacha ko‘tardi. Hisobot (PDF) bilan agentlik saytida tanishish mumkin.

Barqaror reyting prognozi o‘rta istiqbolda reyting bahosining o‘zgarmaslik ehtimoli yuqoriligini anglatadi.

Agentlik ekspertlarining qayd etishicha, O‘zbekistonning reyting darajasi mamlakatda dollarizatsiyaning barqaror pasaygani, fevralda birinchi yevroobligatsiyalarning chiqarilishi hisobiga mamlakatning xalqaro kapital bozoriga muvaffaqiyatli chiqqani bois oshirilgan.

RAEX-Europe xabarida qayd etilishicha, davlat qarzlarining kamligi va byudjet taqchilligining past ekani, yuqori iqtisodiy o‘sish, ijobiy daromad ko‘rsatkichlari va bank tizimi kapitalizatsiyasi mamlakat kredit salohiyatining kuchli bo‘lishiga zamin yaratmoqda.