O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yakshanba kuni vertolyotda poytaxt osmonida parvoz qildi. Bu haqda shahar hokimiyati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Mudofaa vazirligidan qayd etilishicha, ular Airbus Helicopters H215 rusumli vertolyotda uchishgan. Mazkur vertolyot Toshkentning 3D formatdagi bosh rejasini ishlab chiqish uchun aerofotouskuna bilan jihozlangan, deya aniqlik kiritdi hokimiyat vakili.

Avvalroq shahar ma’muriyati aprel oxirigacha Toshkentning bosh rejasi konsepsiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi. Bu ish bilan Xitoy, Turkiya va Buyuk Britaniya kompaniyalari ish olib bormoqda.