Uzcard tizimi faoliyatidagi qisqa muddatli uzilishlarga Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida tranzaksiyalar sonining oshgani sabab bo‘ldi, deya tushuntirish berdi Yagona umumrespublika protsessing markazi (YAUPM) matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Nosozliklar payshanba, 7 art kuni taxminan 10:00 da boshlandi. Payme to‘lov xizmati balansdagi mablag‘ni ko‘rsatmadi, to‘lov terminallar orqali to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar kuzatildi. Ayni vaqtga kelib tizim barqaror ishlamoqda.

«Bayram oldidan tranzaksiyalar soni bir necha martaga oshdi va ayrim terminallarda muntazam uzilishlar kuzatilmoqda, tranzaksiyalar sekin kechmoqda. Bu 2−3 soat davomida kuzatiladi», — deya ma’lum qildi Uzcard.

YAUPM uzilishlar kuzatilmasligi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishini qayd etib o‘tdi.