Yevgeniy Aleksandrovich Korjikov «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Yevgeniy Korjikov shu kunga qadar «Navoiyazot» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.