Toshkent hokimiyati 8 Mart arafasida noodatiy bayram aksiyasini uyushtirdi. Poytaxt ma’muriyati matbuot xizmatining xabar qilishicha, payshanba kuni ertalabdan hokimiyat vakillari ko‘chalarda ayollarni tabriklab, ularga gul va ko‘krak nishonlarini hadya etmoqda.

Shahardagi LED-ekranlarda esa o‘zbek estradasi, kino va sport yulduzlari ishtirokidagi tabriklar o‘zbek va rus tillarida efirga uzatilmoqda.

Foto