Hukumatning 2019 yil 5 martdagi qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.
Eslatib o‘tamiz, Ro‘yxatda shu paytgacha 79 ta tashkilot mavjud edi.