O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov 9 mart kuni AQSHda o‘zining professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi. Bir necha soat avval Isroilning raqibi aniq bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Madrimov venesuelalik Frenk Roxasga qarshi ringga chiqadigan bo‘ldi. Ma’lumot uchun, Frenk shu paytgacha professional boksda 26 marta ringga ko‘tarilib, 24 bor zafar quchgan. G‘alabalarining 23 tasida raqibini nokautga uchratgan va 2 bor mag‘lub bo‘lgan.

Isroil Madrimov ayni damda «WBA» yo‘nalishi bo‘yicha jahon reytingining to‘qqizinchi pog‘onasida turibdi.