3 mart kuni Moskvada sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Namangan shahrida tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Sardorbek Akramovich G‘afurov (1986 yilda tug‘ilgan) halok bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Rossiya IIVning Moskva shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra hodisa vaqtida jarohat olgan 20 yoshli Saidjon Uksan o‘g‘li Urunov 1-son shahar klinik shifoxonasiga yuborilgan.

Mazkur masala Elchixona Konsullik bo‘limi nazoratida turibdi, deya qayd etdi TIV matbuot xizmati.