Taekvondochilarimiz Eronning Fajr shahrida o‘tkazilgan «Fajr Open» xalqaro musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqaning kechagi dasturida sportchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. -53 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Charos Qayumova tashkilotchilar tomonidan turnirning eng yaxshi sportchisi, deb topildi.

Qolaversa, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz bilan tanishing:

Ayollar

-49kg: Madina Mannopova — 2-o‘rin

-53kg: Charos Qayumova — 1-o‘rin

-62 kg: Feruza Sadiqova — 1-o‘rin

-67kg: Nigora Tursunqulova — 1-o‘rin

+73 kg Svetlana Osipova — 2-o‘rin.

Erkaklar

-54 kg: Valentin Xegay — 3-o‘rin

-74 kg: Nikita Rafalovich — 3-o‘rin.