5 martdan O‘zbekistondan Rossiyaga boruvchi yo‘lovchilar qo‘l yuklari va bagajlarida umumiy vazni 5 kg dan ortiq bo‘lmagan miqdorda ho‘l meva, sabzavot, quruq mevalar va yong‘oqlarni olib bora oladi, deya xabar qildi Rossiya Veterenariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati.

Mahkamaning aniqlik kiritishicha, ushbu mahsulotlarni olib kirishga taqiq O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat karantin inspeksiyasi va Rosselxoznadzor o‘rtasida ikki davlat fitosanitariya xavfsizligi bo‘yicha hamkorlikdagi sa’y-harakatlari natijasida bekor qilindi.

O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi kafolati ostida olib kirishga ruxsat berildi, deyiladi xabarda.

Yo‘lovchilarning O‘zbekistondan Rossiyaga o‘simlik mahsulotlarini olib kirishlariga taqiq 2012 yil 16 aprelda tizimli ravishda mahsulotlarda karantindagi organizmlar aniqlangani sababli taqiqlangan edi.