Shu yilning 4 mart kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanidan o‘tuvchi «Qodriya-Oqqovoq» temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 16-km.da yuk poyezdi «Qibray» QFY Birlik ko‘chasida yashagan M.M.ni ehtiyotsizligi sabab urib ketgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada M.M. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

IIV ma’lumotida temir yo‘lni kesib o‘tayotganda hushyorlikni oshirib, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish so‘ralgan.