Joriy yilning yanvar oyida viloyatimizda chet el sarmoyasi ishtirokidagi 6 ta yangi korxona tashkil etilgan. Natijada hududda bu toifadagi tadbirkorlik sub’ektlari soni 90 taga yetgan. Bu haqda «Qashqadaryo» gazetasi saytida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, yangi sub’ektlarning 2 tasi Rossiya Federatsiyasi rezidentlari kapitali ishtirokida, yana shunchasi Qozog‘iston, 1 tadan Belarus va Eron Islom Respublikasi sarmoyasi asosida tashkil etilib, ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Shuningdek, 2019 yil davomida Hindiston, Germaniya, Ukraina, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlar ishbilarmonlari viloyati iqtisodiyotida investitsiyaviy faoliyat olib borishga qiziqish bildirayotgani aytildi.

Faoliyat turiga ko‘ra, yangi tashkil etilgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning 2 tasi sanoat sohasida, 1 tasi agrar sektorda, 1 tasi qurilish jabhasida, qolgani savdo va boshqa turdagi xizmatlarga oid biznes yuritishi ta’kidlanadi.

Shu o‘rinda aytish joiz, viloyatimizda mavjud chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi — 27 tasi Qarshi shahrida joylashgan. Bu borada keyingi o‘rinda Kitob tumani bormoqda — 10 ta sub’ekt. Bugungi kunda Mirishkorda 1 ta, Dehqonobod, Chiroqchi va Yakkabog‘ tumanlarida 2 tadan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona ro‘yxatdan o‘tgan. Bu hududlar orasidagi eng quyi ko‘rsatkich sanaladi.