O‘tgan yil noyabridan buyon O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Rashid Nasrulloyevich Rahmatov Namangan viloyati prokurori etib tayinlandi, deya xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Viloyatning avvalgi prokurori Ulug‘bek Toshev faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun lavozimidan ozod qilindi. Rahbariyat prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatidag tashrifidan so‘ng almashdi.

Rashid Rahmatov (1978 y. t.) Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan (2004). Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004 yilda Navoiy shahar prokuraturasida boshlab, Navoiy viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

2009 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, Buxoro shahar prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimlarida ish yuritgan.