Pokistonda ish boshlagan «O‘zbekiston sayyohlik axborot markazi"ning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu markaz O‘zbekiston-Pokiston munosabatlarini rivojlanishiga xizmat qilibgina qolmasdan, o‘z navbatida Pokiston bo‘ylab O‘zbekiston turistik salohiyatini keng yoyishda muhim ahamiyat kasb etadi, deyiladi xabarda.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekistonning Pokistondagi favqulodda va muxtor elchisi Furqat Siddiqov «O‘zbekiston sayyohlik axborot markazi» haqida so‘z yuritar ekan, O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Pokiston fuqarolarini O‘zbekistonda ta’lim, biznes va turizm sohalaridagi faoliyatlarini olib borishlari uchun keng imkoniyatlar taqdim etishini ta’kidladi.

Qayd etilganidek, joriy yilning mart oyidan e’tiboran, FlyDubai aviakompaniyasi tomonidan Pokiston -Toshkent avia reysi yo‘lga qo‘yildi. Bu esa o‘z navbatida Toshkent bilan Pokistonning boshqa hududlari o‘rtasida aloqalarni rivojlanishiga xizmat qiladi.