Toshkentning «Lokomotiv» klubi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan 1-tur uchrashuvida BAAning «Al-Vahda» klubiga qarshi maydonga tushdi. O‘yin 2:0 hisobida «temiryo‘lchilar» g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvning 4-daqiqasida Temurxo‘ja Abduxoliqov boshi bilan zarba berib hisobni ochdi. 90+3 daqiqada esa «Lokomotiv» sardori Islom To‘xtaxo‘jayev jarimadan unumli foydalanib, hisobni 2:0ga yetkazdi. Shu tariqa Andrey Fyodorov shogirdlari OCHLning dastlabki turini g‘alaba bilan boshladi.


OCHL."V" guruhi

«Lokomotiv» — «Al-Vahda» 2:0

4 mart 2019 yil. Toshkent. «Lokomotiv» stadioni

Bosh hakam: Ko Xyung Jin (J.Koreya)

Gollar: Temurxo‘ja Abduxoliqov (4), Islom To‘xtaxo‘jayev (90+3)

«Lokomotiv»: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Jamshid Iskanderov (Alisher Shog‘ulomov, 68), Sardor Mirzayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Husniddin G‘ofurov (Arslonmurod Amonov, 79), Islom To‘xtaxo‘jayev, Yovan Jokich, Davronbek Hoshimov, Oleg Zoteyev, Diyorjon Turopov.

«Al Vahda»: Muhammad Al Shamsi, Muhammad Bargash, Hamdan Al Kamoli, Ahmad Rashid, Hussayin Abbos (Halil, 35), Muhammad Abdulbosit (Tariq Al Xodaim, 62), Rim Chang Vu, Sulton Al Gafri, Mansur Al Xarbi (Muhammad Rashid, 75), Leonardo, Sebastyan Talyabue.

Ogohlantirishlar: Davron Hoshimov 8, Muhammad Abdulbosit 14 .