Shu yilning 1 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan Toshkent shahridagi I.Karimov nomidagi xalqaro aeroportda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga bir nafar ayolni avvaliga 8000 AQSH dollari ishlab berish sharti bilan kelishib, shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun olib ketayotgan M.T. qo‘lga olindi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, M.T. 1971 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi, ya’ni odam savdosi jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan.