Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti dekani Sirelchuk Nikolayevich TATU rektori maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanali orqali xabar berildi.

Texnika fanlari nomzodi, dotsent Sirelchuk Igor Nikolayevich 2019 yilning 1 martidan TATU rektori maslahatchisi lavozimida ish boshladi.

Igor Sirelchuk 1985−1990 yilda Minsk radiotexnika oliygohini tamomlagan. 2017 yildan hozirgi kunga qadar Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetida dekan lavozimida faoliyat yuritib kelgan.