23 fevral kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidagi 2-maktabning yoshlarni chaqiriqqa tayyorlash fani o‘qituvchisi 28 yoshli D. B. mushti bilan 18 yoshli o‘quvchi J. X.ning qorniga urdi. Bu darsda yuzaga kelgan mojaro vaqtida sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston IIV matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, o‘quvchi shifoxonaga yetkazilgan, tarbiyachi esa ushlangan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi («qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, o‘quvchi shifoxonaga yotqizilganda unda o‘tkir ko‘richak xastaligi mavjudligi aniqlangan. Taloqni olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyoti (splenektomiya) o‘tkazilgan. Tergov ustidan Samarqand viloyat prokuraturasi nazorat o‘rnatgan.

Paxtachi tuman Ichki ishlar bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, o‘quvchining ota-onasi va bolaning o‘zida tarbiyachiga nisbatan shikoyatlari yo‘q, tarbiyachi o‘z harakatlari uchun uzr so‘ragan va zarur dori vositalarini sotib olishda yordamlashgan.