Hafta boshida O‘zbekiston hududiga antitsiklon kirib keladi, deya xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zgidromet ma’lumotiga tayangan holda.

Dushanba kuni ayrim joylarda yomg‘ir, tog‘li hududlarda esa qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Farona vodiysida yog‘ingarchiliklar kutilmaydi. Ayrim joylarda shamol tezligi 15−20 m/s ga qadar kuchayishi mumkin.

Havo harorati +10…+15, shimolda — +5…+10 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

5-mart kuni mamlakatning katta qismida yog‘ingarchiliklar to‘xtaydi, faqatgina kechasi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida beqaror ob-havo hukmronlik qilib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduz kunlari yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi.

Havo harorati kechasi +3…+8, kunduzi — +8…+13 daraja atrofida bo‘ladi.

6−9-mart kunlari yog‘ingarchiliklar kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0…+5, kunduzi 6−7-mart kunlari — +8…+13 daraja, 8−9-mart kunlari — +10…+15 daraja bo‘ladi.

Yaqin kunlar uchun ob-havo ma’lumotlari