Rossiyalik tadbirkor, USM Yoldings asoschisi Alisher Usmonov «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlariga 50 mln dollar miqdorida xayriya ajratdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu haqda Namanganda viloyat faollari, vazirlik va mahkamalar rahbarlari, oqsqollar, tadbirkorlar va yoshlar ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qildi.

«Usmonov Alisher Burxonovich «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari bo‘yicha quyidagilarni taklif qildi: «Agar ruxsat bersangiz, janob prezident, men Namangan viloyatida «Obod qishloq» dasturiga 50 mln dollar ajratishni xohlayman. Men bu mablag‘larni har bir tumanga 20−25 mlrd so‘mdan ajratishni xohlashimni aytdim. Ochiq aytaman, bu pullar Toshkentga keli tushdi. Bu va’da emas, u naqd pullar jo‘natdi», — dedi davlat rahbari «O‘zbekiston 24» telekanali tasvirga olgan lavhada.

Prezident noyob loyihalar sifatida Namanganda Alisher Usmonov nomidagi xalqaro biznes markazi va biznes maktabini ochishni taklif qildi.

«Biz tadbirkorlik haqida gapiramiz. Hamma ham tadbirkor bo‘la olmaydi, o‘rgatish kerak. Namanganda tug‘ilgan va butun dunyoga tanilgan tadbirkor bo‘lish — bu, balki, Namangan suvi va havosi, Namangan xalqining yuksan hurmat-ehtiromi va mehnati natijasidir», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari tog‘li Nanay qishlog‘ida sanatoriya-sog‘lomlashtirish majmuasi qurilishi haqida qaror qabul qilinganini ham ma’lum qildi. Nanayda rekreatsion zonalar tashkil etilishi to‘g‘risida prezident 2018 yil may oyida Namangan viloyatiga tashrifi vaqtida ham aytib o‘tgan edi.