Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga doir bojxona qonunbuzilishi holatiga chek qo‘yildi.

Toshkentda faoliyat ko‘rsatuvchi ma’suliyati cheklangan jamiyat nomiga qo‘shni mamlakatdan jo‘natilgan tovarlar ularga ilova qilingan hujjatlar asosida ekspertizadan o‘tkazilganda, respublikaga olib kelingan tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodi hamda nomlanishi bojxona yuk deklaratsiyasiga ilova qilingan «kelib chiqish sertifikat"larida ko‘rsatilgan tovarga mos kelmasligi aniqlandi.

Natijada, ushbu ma’suliyati cheklangan jamiyatidan davlat byudjetiga 491,7 million so‘m miqdordagi to‘lovlar to‘liq undirib olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.