2 mart kuni Moskva vaqti bilan 21:59 da «Pulkovo» aeroportida Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY631 Toshkent-Sankt-Peterburg reysi bo‘yicha qatnovchi Boeing-767 UK677008 samolyotining old g‘ildiraklari shassisi uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi.

Aviakompaniya matbuot xizmatining xabar qilishicha, bunga ob-havo (qor) va yo‘laklar holati sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Hodisadan samolyotga zarar yetmadi. Bortda 241 yo‘lovchi va 15 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi va Rosaviatsiya hodisani o‘rganmoqda.

Voqea munosabati bilan Toshkentga uchuvchi HY632-reys vaqti o‘zgardi.

Aviakompaniya ma’muriyati vaziyatni tezda tartibga solish bo‘yicha choralarni ko‘rib, noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘radi.